«Tottenxem» «Real»ga himoyachisini sotmoqchi emas

«Tottenxem» Miki van de Venni «Real»ga qo‘yib yuborish niyatida emas.

Oldinroq Madrid klubi «shporlar» himoyachisiga qiziqayotgani, lekin uni juda qimmat deb hisoblayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, londonliklar futbolchini yanvarda sotmoqchi emas. Niderlandiyalikning shartnomasida sotib olish bandi yo‘q va u 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Futbolchining o‘zi «Tottenxem»da baxtli.

Premyer-liganing joriy mavsumida van de Ven 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter