Keniyalik atlet jahon rekordini o‘rnatdi

Keniyalik Beatris Chebet 5 kilometrlik shosse poygasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

24 yoshli Chebet Barselonadagi musobaqada 13 daqiqa 52 soniya natija bilan g‘olib chiqdi. U vatandoshi Agnes Ngetichning (14.13) 2024-yil yanvarida Valensiyada o‘tkazilgan turnirdagi yutug‘ini yaxshiladi.

Chebet Parijda ikki karra Olimpiya chempioni (5000 m va 10000 m) bo‘lgan, jahon chempionatlarida (5000 m) kumush (2022) va bronza (2023) medallariga ega.

Chebet, shuningdek, 10 000 m masofada jahon rekordiga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter