Xavers: «Saka har kuni gollarga och kayfiyatda»

«Arsenal» hujumchisi Kay Xavers jamoadoshi Bukayo Sakaning saviyasiga baho berdi.

«Saka aql bovar qilmas futbolchi va u buni har hafta namoyish etadi. 21 yoki 22 yoshida bunday o‘yin ko‘rsatgan futbolchini hech qachon ko‘rmaganman.

Angliya juda omadli. U har kuni gollarga och kayfiyatda va hatto mashg‘ulotlarda ham o‘zgacha saviyani ko‘rsatadi», — dedi Xavers TNT Sports telekanaliga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter