«Inter» bosh menejeri Zommer va Tyuramning transferlari haqida gapirdi

«Inter» bosh direktori Pyero Ausilio darvozabon Yan Zommer va hujumchi Markus Tyuramning transferlari muvaffaqiyati haqida gapirdi.

“Biz Zommerga ishonardik, u bizni ajablantirmadi. Uning o‘yin uslubi bizga juda mos tushdi.

Tyuramga kelsak, o‘sha paytda u hayratlanarli edi. Lekin biz bu transferni amalga oshirish borasida ishonardik», – deya direktor.

Zommer 2023 yilning avgustida «Bavariya»dan 6,75 million yevro evaziga «Inter»ga o‘tgan edi, bu mavsumda 35 yoshli darvozabon 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va qolganlarida 22 ta gol o‘tkazib yubordi.

Tyuram 2023 yilning iyul oyida Myunxengladbaxning «Borussiya»sidan erkin agent sifatida «Inter» tarkibiga qo‘shilgan edi. Hujumchi 2023/2024 yilgi mavsumda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter