«Bavariya» Tuxelga katta miqdorda tovon puli to‘laydi

«Bavariya» Tomas Tuxelga klubni tark etganidan keyin tovon puli to‘laydi.

«Bayern & Germany» jurnalist Florian Plettenbergga tayanib xabar berishicha, «Bavariya» mavsum oxirida bosh murabbiylikdan ketgan Tuxelga 10 million yevrodan ko‘proq tovon to‘laydi. Uning murabbiylar shtabi shartnoma muddati tugaydigan 2025 yilning 30 iyuniga qadar maosh oladi.

Qayd etilishicha, Tuxelning keyingi klubi «Bavariya»ga tovon puli to‘lamaydi, chunki murabbiy bilan shartnoma bekor qilinadi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter