Mbappe: «Men hech qanday maxsus xayrlashuv tayyorlamadim»
«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe xayrlashuv kechki ovqatida mehmonlarga murojaat qildi.
Tadbir Parijda bo‘lib o‘tdi va unda 250 kishi qatnashdi. Mehmonlar orasida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ham bor edi.
«Biz katta oiladekmiz. Bu yerda bo‘lgan barcha odamlar men uchun juda qadrli. Men hech qanday maxsus xayrlashuv tayyorlamadim.
Men sizga chin yurakdan rahmat aytmoqchiman. Agar siz shu yerda bo‘lsangiz, demak, qaysidir payt mening hayotimga ta’sir o‘tkazdingiz», – dedi 25 yoshli forvard.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/