«Barselona» Feliksga o‘rinbosar topdi

Yozda «Barselona» «Betis» hujumchisi Ayose Peresni sotib olishi mumkin. Diario AS xabariga ko‘ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 4 million yevroni tashkil qiladi.

«Barselona» bu ko‘rsatkichni maqbul deb hisoblaydi va transfer borasida jiddiy o‘ylamoqda. «Lester» va «Nyukasl»ning sobiq futbolchisi Ispaniya La Ligasining so‘nggi o‘yinlarida 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayosening o‘yinlari «Barselona» rahbariyatida katta taassurot qoldirdi, ular futbolchini mavsum oxirida ijara muddati tugaydigan Joau Feliksning o‘rniga taklif qilish haqida o‘ylamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter