«Bavariya» kelasi mavsum YECHLdagi ishtirokini naqd qildi

«Bavariya» Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

Kecha Myunxen klubi Frankfurtning “Ayntraxt” klubini mag‘lub etdi (2:1) va Bundesliganing kuchli to‘rtligidan joy olishini kafolatladi.

“Bavariya” 31 turdan keyin 69 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. U beshinchi o‘rinda borayotgan “Borussiya Dortmund”dan 12 ochko oldinda.

«Bayer» bu mavsumda Germaniya chempioniga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter