Niderlandiyaliklar A Seriyada sermahsullik qayd etishmoqda

Italiya chempionatining navbatdagi, 36-turida “Milan” “Kalyari”ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, joriy mavsumdagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Milanliklar uchun gollardan birini niderlandiyalik yarim himoyachi Tidjani Reynders kiritdi va bu niderlandiyalik futbolchilar uchun Italiya chempionatining joriy mavsumidagi 37-gol bo‘ldi.

Bu Italiya chempionati tarixida bir mavsum davomida niderlandiyalik futbolchilar qayd etgan eng yaxshi natijalardan biridir.

Faqatgina 1993/19934-yillarda 48 ta gol urilgan. Niderlandiyaliklar ichida joriy mavsumdagi eng sermahsul o‘yinchi 12 ta gol bilan Tyon Kopmeyners va 11 ta gol bilan Joshua Zirkzee bo‘lib turibdi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter