MLS. «Inter Mayami»dan kambek

MLS muntazam chempionati navbatdagi turida “Inter Mayami” safarda “Monreal”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Brays Dyuk va Juls-Entoni Vilseeyntning gollariga mehmonlar Matias Royas, Luis Suares va Benjamin Kremanskining aniq zarbalari bilan javob qaytarishdi.

Ushbu o‘yindan keyin «Inter Mayami» 27 ochko bilan Sharqiy konferensiyada birinchi o‘rinda, «Monreal» 12 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter