Rays: «So‘nggi natijalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz kerak»

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays jamoaning chorak finaldayoq Chempionlar ligasidan chiqib ketishi haqida gapirdi.

Kecha «kanonirlar» «Alyans Arena»da 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va sovrin yutish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi.

«Bu «Arsenal» futbol klubi – dunyodagi eng yirik klublardan biri. Bu meni xafa qiladi, hafsalamiz pir bo‘ladi, lekin bizda yosh futbolchilar bor.

Biz oyoqqa mahkam turishimiz kerak.

Tez orada «Vulverxempton» bilan o‘ynaymiz. Bu o‘yinda biz so‘nggi natijalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz kerak», – deya Raysning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter