Angliya terma jamoasi vingeri Bukayo Saka o‘zining sobiq jamoadoshi, shveysariyalik yarim himoyachi Granit Jaka haqida fikr bildirdi.

«Granit Jaka ajoyib mavsum o‘tkazdi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. U ajoyib futbolchi va inson. Mag‘lubiyatga uchraganlaridan keyin ham yonimga kelib, qo‘limni siltab maqtadi. U zo‘r yigit, unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Shuningdek, Shveysariya terma jamoasi ham. Ularga omad» – dedi Saka.

Jaka va Saka 2018 yildan 2023 yilgacha «Arsenal»da birga o‘ynashgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/