Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoa himoyachisi Jon Stounsning holati haqidagi savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida (0:1) Stouns kichik jarohat olib, tanaffus vaqtida maydonni tark etgandi.

«Menimcha, u bilan hammasi yaxshi. Ammo biz uni Yevrodan oldin tavakkal qilmaymiz», – deya Sautgeyt so‘zlarini keltiradi Evening Standart.

16 iyun kuni Angliya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi ilk o‘yinini Serbiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 00:00ga belgilangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/