Ushbu yozda yarim himoyachi Adriyen Rabyo «Yuventus» bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylandi.
29 yoshli futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma’lum.
L’Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, Rabyoni birdaniga uchta top-klub kuzatib boradi. Qisqa ro‘yxatga «Liverpul», «Inter» va «Bavariya» kiradi.
Avvalroq, mish-mishlar Rabyoni boshqa jamoalar, xususan, «Manchester Yunayted» bilan bog‘lagan edi.
Transfer yozi asta-sekin tugamoqda, shuning uchun futbolchi klubini tanlashga shoshilishi kerak.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/