Ukrainalik tennischi tarixda ilk bor AQSH ochiq chempionati g‘olibiga aylandi
Lyudmila Kichenok va Latviya vakili Yelena Ostapenko “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open turnirining juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Final uchrashuvida ular fransiyalik Kristina Mladenovich va xitoylik Chjan Shuayni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etishdi.
32 yoshli Kichenok AQSH ochiq chempionatida g‘olib chiqqan birinchi ukrainalik ayol bo‘ldi. U avvalroq 2023-yilda «Uimbldon»da aralash juftlik chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/