Fransiya chempionatining sakkizinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va mahalliy futbolning sobiq gegemoni “Lion”da jonlanish alomatlari sezilmoqda.

“To‘kuvchilar” “Gavr”ga mehmonda javobsiz to‘rtta gol urdi, bu klubning 2021-yildan buyon eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.

O‘shanda jamoa 2021 yilning yanvarida «Sent-Etyen»ni qabul qilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Oxirgi muvaffaqiyatlar natijasida “Lion” Fransiya chempionati turnir jadvalida yettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Klub keyingi turda inqirozga uchragan va o‘tmishda mashhur bo‘lgan yana bir klub – «Oser»ga qarshi o‘ynaydi. Bu kelasi yakshanba, 27 oktyabr kuni sodir bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/