Van Nistelroy: «Bu jamoaga vaqtinchalik murabbiy bo‘lish ham sharafli»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rud van Nistelroy ingliz grandidagi faoliyati haqida gapirdi.

«Hattoki o‘rinbosar murabbiy sifatida “Manchester Yunayted”ni boshqarish men uchun katta sharaf. Bu klubni yaxshi ko‘raman. Mendan nima talab qilinsa, bajarishga tayyorman. Natijalarimizga qaramay, bu yerga qaytib kelganimdan xursandman. Men har kuni jamoa bilan ishlashni yoqtiraman. Joriy mavsumda «Manchester Yunayted» o‘zining haqiqiy imkoniyatlarini ko‘rsatdi, ammo bu juda kamdan-kam bo‘ldi», – deydi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, shu haftada Erik ten Xag «qizil iblislar» boshqaruvchisi lavozimidan bo‘shatildi. Klub hozirda Premer-ligada atigi 14-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter