«Milan» bosh murabbiyi Paulo Fonseka «Inter» bilan o‘yinning birinchi bo‘limida hushini yo‘qotgan «Fiorentina» yarim himoyachisi Eduardo Bove bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

«Men o‘yinni tomosha qildim, bu qiyin lahza edi. Men u bilan “Roma”da ishlaganman. Hozir eng muhimi uning sog‘ligi, futbol emas.

Bu qiyin daqiqalar edi. Men uni qo‘llab-quvvatlayman. Bugun biz bu haqda ko‘p gaplashdik. Tezroq tuzalib ketishini tilayman», – deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/