Vinisiusning «Real»dagi sovrinlari soni 14 taga yetdi

Vinisius «Real Madrid»dagi 14-kubogini qo‘lga kiritdi.

Madrid klubi Qit’alararo kubok finalida «Pachuka»ni mag‘lub etdi (3:0). Braziliyalik futbolchi o‘yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Vinisius 2018 yilda «Real»ga o‘tgan edi. Klub bilan u uch marta La Liga (2019/20, 2021/22, 2023/24), Ispaniya Superkubogi (2020, 2022, 2024) va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2018, 2022) g‘olibi bo‘lgan.

Futbolchi, shuningdek, ikki marta Chempionlar ligasi (2021/22, 2023/24) va UYEFA Superkubogi (2022, 2024) va bir marta (2022/23) Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter