Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Millatlar ligasidagi o‘yinlar oldidan o‘z shogirdlarining tig‘iz jadvali haqida gapirdi.

«Ayrim futbolchilarda jarohatlar bor. Bolalar haftaning o‘rtasida ketma-ket uch hafta o‘ynashadi, shuning uchun biz buni hisobga olishimiz kerak. Biz milliy terma jamoaning ambisiyalari va klublarning asosli talablari o‘rtasidagi muvozanatni topishimiz kerak. Biz bu borada muloqot olib bormoqdamiz,» – dedi Nagelsman matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/