Bernardu Silvaning agenti futbolchini «Monako»ga olishni istashmaganini ma’lum qildi

Mashhur futbol agenti Jorje Mendesh «Real» yarimhimoyachisi Bernardu Silvaning faoliyati boshida qanday shubha va ishonchsizliklarga duch kelganini so‘zlab berdi.

Mendesh Católica Porto SBE biznes maktabida tashkil etilgan «Leading the Game» tadbirida ishtirok etib, unga bir necha bor futbolchidan voz kechishni maslahat berishganini tan oldi.

«Menga bir necha marta: «Jorje, uni unut, senda hech qanday imkoniyat yo‘q. Bernardu Silva hech qachon yulduz futbolchi bo‘lmaydi. Uning eng yuqori darajasi Portugaliyaning birinchi yoki ikkinchi ligasida o‘ynash bo‘ladi. Balki «Pasush de Ferreyra» kabi klubda to‘p surar», — deyishgan.

Mendeshning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo Silvaning maydon bo‘ylab tinimsiz yuguradigan atlet emas, balki to‘pni nazorat qilishga ixtisoslashgan futbolchi ekanida bo‘lgan.

Agentning ta’kidlashicha, «Manchester Siti»ga o‘tish portugaliyalik futbolchi uchun ideal qadam bo‘lgan va uning o‘z mamlakati tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanini isbotlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter