Karrager APLda eng yaxshi pressing qiladigan jamoani aytdi
Angliyalik futbol eksperti Jeymi Karrager APLning 9-turida «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan «Brayton»ning o‘yiniga yuqori baho berdi.
«Brayton» — APLda pressing borasida eng yaxshi jamoa. Bunga shubha yo‘q. Albatta, «Manchester Siti» o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi, biroq darvozabon ham ajoyib o‘ynadi.
«Brayton» uchrashuv boshida fantastik harakat qildi. Ular raqib futbolchilarini individual ta’qib qilishda juda yaxshi ishlashdi. «Manchester Siti» esa bunday o‘yinga qarshi kurashishda unchalik kuchli emas. Aynan shu jihat ularning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi», — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi CentreGoals.
9 turdan keyin «Brayton» 19 ochko bilan APL jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Undan yuqorida «Manchester Siti» (21 ochko) va «Arsenal» (24 ochko) joylashgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/