Kubo Niderlandiyaga qarshi uchrashuvda olgan jarohatiga izoh berdi
Yaponiya terma jamoasi yarim himoyachisi Takefusa Kubo o‘zining shikastlanishi borasida fikr bildirdi. Futbolchi Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi bahs davomida jarohat olgan edi.
«Men bilan hammasi joyida. O‘zi nima sodir bo‘lganini unchalik tushunmadim. Xuddi menga har tomondan hujum qilishayotgandek taassurot uyg‘ondi. Menimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi», — deya jamoa yetakchilaridan birining so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangan edi.
Guruh bosqichining navbatdagi turida osiyoliklarga Tunis terma jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
