«Manchester Siti» transfer bozorida faollashdi: 105 million funtlik transfer yakunlanish arafasida turibdi

«Manchester Siti» yaqin haftalar ichida «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Andersonning transferini yakunlashni umid qilmoqda. 23 yoshli futbolchining o‘zi bilan dastlabki kelishuvga erishilgan, biroq klublar hali transfer shartlarini kelishib olishlari kerak.

Jurnalistlar Aleks Kruk va Ben Djeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, «o‘rmonchilar» o‘z yulduzi uchun 105 million funt sterling (120 million yevrodan ortiq) so‘ramoqda, «shaharliklar» esa yarim himoyachining qiymatini taxminan 80 million funt (92,5 million yevro atrofida) deb baholamoqda.

Narx borasidagi kelishmovchiliklarga qaramay, «Siti» rahbariyati Anderson bilan bog‘liq ushbu qimmatbaho shartnomani jahon chempionati boshlanishiga qadar rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Mundial 11 iyun kuni start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter