«Nottingem» «MYU» va «Nyukasl» qiziqish bildirayotgan futbolchisini 100-120 million funtga sotadi
«Nottingem Forest» Elliot Andersonni 100-120 mln funtga baholamoqda.
Avvalroq, Angliya terma jamoasining 22 yoshli yarim himoyachisiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Shuningdek, futbolchi «Nyukasl» e’tiboriga tushgan. Ikkala jamoa ham allaqachon qiziqish bildirgan, ammo boshqa ko‘plab top-klublar ham futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda, deya ta’kidlaydi jurnalist Florian Plettenberg.
«Nottingem» uni asosiy futbolchi deb hisoblamoqda. Yozgi transfer uchun klub 100-120 million funt atrofida mablag‘ talab qiladi.
Andersonning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Unda tovon puli miqdori haqida band yo‘q.
Bu mavsumda Elliot APLda 9ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
