Arteta chempionlik sirini ochdi

APL chempioniga aylangan «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta muvaffaqiyatga erishishda vizualizasiya (xayolan tasavvur qilish) usulidan foydalanganini ma’lum qildi.

«G‘alabani ko‘p marta tasavvur qilganman. Ayniqsa, so‘nggi bir necha mavsumda unga juda yaqin kelgandik. Lekin bu safar hammasi o‘zgacha bo‘ldi. Oxirgi bir necha oy ichida men juda ko‘p vizualizasiya bilan shug‘ullandim. Ko‘zlarimni yumganimda, g‘alaba lahzasini zudlik bilan tasavvur qilardim — bu avvalgi mavsumlardan farqli jihat edi. Men buni mavsum boshidan emas, balki mart-aprel oylari atrofida boshladim.

Aniq nimani tasavvur qildim? Bu men sovrinni boshim uzra ko‘tarayotgan lahza edi. Hammasi shu. O‘ylaymanki, jamoaga bu ishonch va energiyani ulashish uchun avvalo o‘zim bunga ishonishim kerak edi», — dedi Arteta.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter