Arteta chempionlik unvoni uchun kurash haqida gapirdi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Premyer-liga chempionlik unvoni uchun kurash haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Chempionlik haqida gapiradigan bo‘lsak, tinmay izlanish va mehnat qilish kerak – shunda bir kun kelib, albatta, oltin topiladi. Uch mavsumda biz APLning boshqa har qanday jamoasidan ko‘proq ochko to‘pladik va bu ajoyib natija. Buning barchasi barqarorlik tufayli,» – dedi Arteta matbuot anjumanida.

«Arsenal» so‘nggi marta 2004 yilda Angliya chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter