Uoker Trentning terma jamoadan chetda qolganidan hayratda

Ayni paytda «Byornli» sharafini himoya qilayotgan qanot himoyachisi Kayl Uoker «Real» futbolchisi Trent Aleksandr-Arnoldning Angliya terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy tarkibiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi.

«Real» futbolchisi Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilmadi. Bu haqiqiy aqldan ozish. Agar uzatmalar va to‘pni oldinga surish haqida gap ketsa, Trent eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Shuningdek, u katta o‘yinlarda juda katta tajribaga ega», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Talksport.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda Aleksandr-Arnold «qirollik klubi» safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter