Florentino Peres va ayol jurnalist o‘rtasida dahanaki jang: «Futbolni tushunishimning nima ahamiyati bor?»

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres hamda ispaniyalik taniqli jurnalist Mariya Xose Fuentealamo o‘rtasidagi kelishmovchilik sport olamida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Avvalroq Peres jurnalistning maqolalarini tanqid qilib, uning futbol sohasidagi bilimlarini shubha ostiga olgan edi.

«Real» rahbarining «u futbolni tushunishiga ishonchim komil emas» mazmunidagi gaplariga Mariya Xose The Athletic orqali javob qaytardi.

«Ha, janob prezident, men shundayman. Ayolman. Mening futbolni qanchalik tushunishimning nima ahamiyati bor? Men faqat o‘yin haqida yozmayman. Men «Real»ning jamiyat uchun ahamiyati va sport ruhi haqida yozaman. Chunki men onaman. Bolalar nima o‘ynayotganini, ularning kumirlari kimligini va ideallari qanday shakllanishini yaxshi bilaman», — dedi Fuentealamo.

Jurnalistning ta’kidlashicha, uning ishi shunchaki quruq statistikadan iborat emas. Shuningdek, u Peresning bunday ohangdagi bayonoti uni hayratda qoldirganini qo‘shimcha qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter