«Yulduzlik mentaliteti bilan cho‘qqiga chiqib bo‘lmaydi» — Xansi Flik «Barselona»dagi tartib haqida

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum avvalida futbolchilarni qanday ruhlantirgani haqida so‘zlab berdi. «Ko‘k-anorranglilar» o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashdi, shundan so‘ng, germaniyalik mutaxassis ta’kidlaganidek, to‘g‘ri kayfiyatni saqlab qolish va «yulduzlik kasali»ga berilmaslik juda muhim edi.

«Mavsum boshida men futbolchilar bilan ularning egosi (manmanligi) haqida gaplashdim. Men ularga egoni jamoa kiyinish xonasidan tashqarida qoldirishlari kerakligini aytdim. Katta yulduzlarga xos mentalitet bilan biz hech qachon o‘z maksimumimizga erisha olmaymiz», — deya Barca Universal Flikning so‘zlarini keltiradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter