Xyoness «Bavariya»ning Hakimiyga qiziqishi haqidagi savolga javob berdi
Myunxenning «Bavariya» klubi boshqaruv kengashi a’zosi Uli Xyoness «PSJ» qanot himoyachisi Ashraf Hakimiyning transferi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda DAZN xabar bermoqda.
Myunxenliklar funksioneri parijliklar a’zosi jamoa o‘yiniga mos kelishini ta’kidlagan.
«Ashraf Hakimiy? Biz uni tezkorlik bilan jamoaga olib kelgan bo‘lardik, chunki u bizning uslubimizga juda mos tushadi», — dedi Xyoness.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Hakimiy joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali marokashlik futbolchining transfer qiymatini 80 million yevroga baholagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
