Maynu: «Kerrik uchun maydonda jon berishga tayyormiz»

«Manchester Yunayted» markaziy yarim himoyachisi Kobbi Maynu Maykl Kerrik boshqaruvi ostidagi ish jarayoni haqida gapirib berdi. Ingliz mutaxassisi yanvar oyida bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri, mankunianliklar Angliya Premyer-ligasining 14 ta turida 10 ta g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ayni damda jamoa turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini egallab turibdi.

«Mavsum davomida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira olganimizdan xursandman. Buning uchun barcha futbolchilar va murabbiyga rahmat aytish kerak. U bunda muhim rol o‘ynadi va futbolchilarga ishonch bag‘ishladi. Uning ortidan borishni, u uchun kurashishni va maydonda u uchun jon berishni istaysan», — deya xavbekning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter