Kerrik Reshfordning «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Barselona» tomonidan ijaraga olingan Markus Reshfordning kelajagi haqidagi savolga javob berdi. So‘nggi vaqtlarda Kataloniya klubining vingerni kelishilgan shartlar asosida sotib olishni istamayotgani haqida xabarlar tobora ko‘paymoqda. Angliyalik futbolchi yangi mavsumni o‘z qadrdon klubida boshlashi ehtimoldan yiroq emas.

«Shuni aytishim mumkin xolos, ertami-kechmi Reshford bo‘yicha bir qarorga kelinadi. Hozirgi lahzada hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q», — dedi Kerrik «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan shanba kungi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Markus Reshfordning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter