Saudiyaning uchta klubi Rafinyani qo‘lga kiritmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Rafinya faoliyatini Saudiya Arabistoni Pro-ligasida davom ettirishi mumkin. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, bir nechta Saudiya klublari braziliyalik futbolchiga rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, arab jamoalari 29 yoshli vingerni 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng o‘z saflariga qo‘shib olishga umid qilmoqda. Hozircha uchta klub futbolchi uchun kurashga kirishish istagini bildirgan, biroq hali «Barselona»ga yoki o‘yinchining o‘ziga rasmiy taklif yuborilmagan.

Rafinya joriy mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida ajoyib sport formasida ekanini namoyish etmoqda. U La Liga doirasida o‘tkazilgan 20 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter