Kvarasxeliya oxirgi 5 o‘yinidan 4 tasida gol urdi

«PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya ayni damda ajoyib sport formasida bo‘lib turibdi. Seshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan yarim finalning dastlabki o‘yinida u «Bavariya» darvozasini ishg‘ol qilib, tablodagi hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Shu tariqa, Xvicha o‘zi ishtirok etgan oxirgi beshta o‘yinning faqat bittasida (14 aprel kuni «Liverpul»ga qarshi bahsda) maydonni golsiz tark etdi. Qolgan to‘rtta uchrashuvning har birida u kamida bir martadan raqib darvozasiga yo‘l topgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter