«Barselona» belgiyalik iqtidorli futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Bryugge» jamoasining 18 yoshli chap qanot himoyachisi Jessi Bisivuni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh iqtidor egasi «ko‘k-anorranglilar» lageriga o‘tishga tayyor va ushbu imkoniyatni mamnuniyat bilan qabul qilgan. Hozirda klublar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan.

Qayd etilishicha, Bisivunining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter