Fabregas: «Inter»ga qarshi munosib o‘ynadik, mag‘lubiyatdan uyalmayman»

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya kubogi yarim finali doirasida «Inter»ga qarshi kechgan bahs yakunlari haqida to‘xtaldi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Fabregas shogirdlari musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.

Ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasi mag‘lub bo‘lganiga qaramay, ko‘rsatilgan o‘yindan qoniqish hosil qilganini ta’kidladi.

«Inter»ni tabriklayman, ular yana finalda. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin, lekin biz maydonda bor kuchimizni berdik. Ushbu mag‘lubiyatdan uyalmayman, chunki biz ham muvaffaqiyatga loyiq edik. Nima bo‘lganda ham, bizga qarshi chempionatdagi g‘alabasini muddatidan oldin nishonlash arafasida turgan jamoa to‘p surdi», — deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Komo»dan ustun kelib, Italiya kubogi finaliga yo‘l oldi. Endi milanliklar finalda «Lasio» — «Atalanta» juftligi g‘olibi bilan bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter