Arbeloa «Real» futbolchilaridan intizomni kuchaytirishni talab qildi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning ichki intizomi va o‘yinlarga bo‘lgan munosabati borasidagi muammolarga yana bir bor to‘xtaldi.

Seshanba kuni «qaymoqranglilar» o‘z maydonida «Alaves» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, maydonda unchalik ishonchli o‘yin ko‘rsata olishmadi. Madrid Universal nashrining xabar berishicha, Arbeloa uchrashuvdan so‘ng futbolchilarga qat’iy ogohlantirish bergan.

«Mening jamoaga yo‘llagan murojaatim juda oddiy va tushunarli. «Real»da o‘z talablari va jiddiy mas’uliyat bor. Agar keyingi mavsumda zafar quchishni istasak, yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina. Eng avvalo, intizom darajasini oshirishimiz shart. Jamoa raqibning kimligi va o‘yinning ahamiyatidan qat’i nazar, o‘z oldiga maksimal talablarni qo‘yishi lozim», — dedi mutaxassis.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter