Arbeloa: «Odamlarning fikri meni qiziqtirmaydi»

Chorshanba kuni Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi.

Alvaro Arbeloa shogirdlari o‘z uylarida kechgan dastlabki bahsda imkoniyatni boy berishgan (1:2). Yarim final yo‘llanmasi taqdiri endi Myunxendagi maydonda hal bo‘ladi.

«Odamlar bizning kambek qilishimizga ishonishmayaptimi? Bu meni tashvishga solmaydi. Bunga bizning 25 nafar futbolchimiz ishonishi kerak — va ularning barchasi biz vaziyatni o‘nglay olishimizga chin dildan ishonishmoqda», — deya «qaymoqranglilar» bosh murabbiyining so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone.

Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi final yo‘llanmasi uchun «PSJ» yoki «Liverpul» (birinchi o‘yin — 2:0) jamoalaridan biriga qarshi bahs olib boradi.

Juma kuni «Real» La Liga doirasida o‘z maydonida «Jirona»ni mag‘lub eta olmagan edi (1:1).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter