«Napoli» Rossiya terma jamoasining ikki yulduzini kuzatmoqda
Italiyaning «Napoli» klubi maydon markazini kuchaytirish uchun nomzodlar qidirmoqda. Neapolliklar Rossiya terma jamoasining ikki yulduzi — Aleksey Batrakov va Matvey Kislyakka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Mutko protiv» Telegram-kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «Napoli» RPLdan har ikki yarim himoyachini sotib olish niyatida emas. Klub ulardan faqat bittasini tanlab olishni rejalashtirmoqda.
Batrakovning «Lokomotiv» bilan shartnomasida Yevropa klublari uchun 20 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Kislyakning shartnomasida esa aniq tovon puli ko‘rsatilmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
