«PSJ» yana bir rossiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Rossiya terma jamoasi va «Lokomotiv» yarim himoyachisi Aleksey Batrakov «PSJ»ning nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi, deb xabar beradi «Match TV».

«Batrakov «PSJ»ni kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Fransiya klubi yozda «Lokomotiv»ga foydali taklif bilan chiqishi mumkin, bu esa futbolchining Parijga o‘tishiga sabab bo‘ladi», – dedi «Match TV» telekanalining Fransiyadagi manbasi klubga tayanib.

Joriy mavsumda Batrakov 10 ta gol bilan RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov 2024 yilning yozidan buyon «PSJ» safida o‘ynab kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter