«Barselona» italiyalik iqtidor uchun kurashda faollashdi

«Atalanta»dan ijaraga olingan «Kalyari» o‘ng qanot himoyachisi Marko Palestra «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushdi. «Ko‘k-anorranglilar» avval ham 21 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida tilga olingan edi, endi esa jurnalist Xordi Karderoning xabar berishicha, kataloniyaliklar italiyalik lateral uchun kurashda faollashgan.

Har ikkala qanotni ham yopishga qodir bo‘lgan umidli futbolchining transferiga, shuningdek, «Arsenal», «Manchester Siti» va «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali Marko Palestraning qiymatini 30 million yevroga baholamoqda. Italiya terma jamoasida yaqindagina debyut qilgan futbolchi joriy mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter