«MYU» «Barsa»ga 50 million yevro to‘lashga tayyor

«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Joriy qishda «qizil iblislar» Patrik Dorgu bilan chap qanot himoyasini kuchaytirdi – uning «Lechche»dan transferi ingliz grandiga 30 mln yevroga tushdi. Transfer News Live’ning xabar berishicha, Dorguning transferiga qaramay Balde «Yunayted»ning kelgusi yozgi mavsumdagi ustuvor maqsadlari qatorida qolmoqda.

Alexandro Baldening narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 50 mln yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter