Yosh taekvondochilarimiz jahon chempionatini tarixiy natija — 6 ta medal bilan yakunlashdi

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. 115 mamlakatdan 1000 nafarga yaqin sportchini jamlagan mazkur musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Oltin medal:
-48 kg: Yosinbek Odilov
-51 kg: Asadbek Samandarov
-63 kg: Mohidil O‘ktamjonova

Kumush medal:
-68 kg: Ayubxon Nabiyev
+78 kg: Alisher Pak

Bronza medal:
-45 kg: Shohjohon Xolmurodov

Bu jamoamizning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo‘ldi. Bungacha eng yuqori ko‘rsatkich 2024-yil Koreya Respublikasining Chunchxon shahrida o‘tkazilgan dunyo birinchiligida qayd etilgan bo‘lib, unda hamyurtlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishgan edi.

Shuningdek, yigitlarimiz 405 ball bilan ochkolar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

Manba: https://t.me/uzbtaekwondowt

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter