Simeone «Barselona»ni YECHLdan chiqarib yuborish borasida xet-trik qayd etdi
Diyego Simeone qo‘l ostidagi «Atletiko» Chempionlar ligasida «Barselona» bilan to‘qnash kelgan uchta holatning barchasida raqibini musobaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy mavsumning chorak finalida kataloniyaliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra madridliklarga 2:3 (0:2, 2:1) hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Shuningdek, «Atletiko» 2013/14 va 2015/16 yilgi mavsumlarning chorak final bosqichida ham «Barsa» to‘sig‘idan o‘tishni uddalagan edi.
Ma’lumot uchun, Diyego Simeone 2011 yildan buyon «Atletiko» klubini boshqarib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
