Arbeloa: «Militao formada bo‘lganida, u dunyodagi eng yaxshi himoyachiga aylanadi»
«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa madridliklar himoyachisi Eder Militao haqida yuqori fikrda ekanligini bildirdi.
«Militao o‘z formasida bo‘lsa, u shubhasiz dunyoning eng yaxshi himoyachisi hisoblanadi. Jismoniy jihatdan u ustunlikka ega futbolchi, yakkama-yakka vaziyatlarda katta ochiq maydonni yopa oladi, havodagi kurashlarda ham juda kuchli. To‘p bilan himoyadan chiqish mahorati, mentaliteti, xarakteri va yetakchilik qobiliyati — bunday futbolchiga ega bo‘lish biz uchun katta sharaf», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda Eder Militao «Real» safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/