«Arsenal» yoki «Liverpul» emas: APL joriy mavsumida eng ko‘p golli vaziyat yaratgan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida eng ko‘p golli vaziyat yaratgan jamoalar reytingida «Manchester Yunayted» yetakchilik qilmoqda.
Ruben Amorim jamoasi raqib darvozasi oldida 207 ta imkoniyat yaratdi – bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan «Liverpul»dan uchtaga ko‘p, deya ta’kidlaydi WhoScored statistik portali. Uchinchi o‘rinda «Manchester Siti» (186), to‘rtinchi o‘rinda «Chelsi» (181), turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» esa beshtalikni yakunlab bergan (171).
«Manchester Yunayted» APL-2025/26da 17-turdan keyin 26 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda. «Qizil iblislar» «kanonirlar»dan 13 ochko ortda qolmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
