Isak og‘ir jarohatidan keyin izoh berdi
«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak jarohati haqida gapirdi.
Shvesiyalik futbolchi yaqinda «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda olgan jiddiy jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. O‘yinchi operasiya qilindi.
«Bo‘lib o‘tgan voqeadan xafa bo‘ldim. Tiklanish vaqti keldi, jamoani tashqaridan qo‘llab-quvvatlayman. Iloji boricha tezroq qaytish uchun astoydil mehnat qilishim kerak. «Qizillar» va boshqalarga qo‘llab-quvvatlov so‘zlari uchun rahmat – ular e’tibordan chetda qolmadi,» – deb yozdi 26 yoshli forvard ijtimoiy tarmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
