Isak «Nyukasl» bilan vaziyat bo‘yicha bayonot berdi
«Nyukasl»ning shvesiyalik hujumchisi Aleksandr Isak klubdagi vaziyatiga izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, forvard «Liverpul»ga o‘tish uchun jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirgan Isak «Nyukasl»ni kelishuvlarni buzganlikda ayblab, endi jamoada o‘ynash niyatida emasligini yana bir bor ta’kidladi:
«Haqiqat shundaki, ma’lum va’dalar berilgan va klub mening pozisiyamni anchadan beri biladi. Bu muammolarning barchasi endi paydo bo‘lgandek ko‘rinishi – bu yolg‘on.
Va’dalar buzilib, ishonch yo‘qolsa, munosabatlar davom eta olmaydi. Hozir mening ishlarim aynan shunday va aynan shuning uchun o‘zgarishlar nafaqat menga, balki barchaga foyda keltiradi».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/