Misr terma jamoasi Afrika millatlari kubogida kamida 15 yillik rekordni o‘rnatdi

Misr terma jamoasi Zimbabvega qarshi uchrashuvda darvoza tomon 35 ta zarba yo‘lladi hamda 8 ta aniq golli vaziyat yaratdi.

Ushbu ikki ko‘rsatkich ham Opta kompaniyasi 2010 yildan buyon musobaqa statistikasini yurita boshlaganidan beri Afrika millatlari kubogining bir o‘yini uchun rekord hisoblanadi, deb xabar beradi OptaJean X ijtimoiy tarmog‘ida.

Afrika millatlari kubogi guruh bosqichining 1-tur o‘yinida Misr terma jamoasi Zimbabve milliy jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini misrliklar safida hujumchi Muhammad Saloh uchrashuvning 90+1-daqiqasida urdi.

«B» guruhidagi yana ikki jamoa — JAR va Angola terma jamoalari hisoblanadi. Ushbu guruhda 2- va 3-tur uchrashuvlari 26 va 29 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Afrika millatlari kubogi — 2025
B guruhi. 1-tur
22 dekabr 2025 yil, dushanba
Misr — Zimbabve — 2:1
Gollar: Dub — 20 (0:1), Marmush — 64 (1:1), Saloh — 90+1 (2:1)

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter